O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
2021 yilda O‘zbekistonda YAIM hajmi 734,6 trln so‘m yoki 69 mlrd dollarni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM esa 2020 yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sib, 21 mln so‘mdan ortiqroqqa yetdi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.
O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting